"Sassuolo" yetakchisi "Yuve" bilan kelishib oldi

Mirjalol Normatov
14 iyul 2021, 23:29
Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotiga ko'ra, xavbek Manuel Lokatelli "Sassuolo"dan ketadi.

Unga ko'ra tomonlar 5 yillik shartnoma borasida kelishib olishgan. Yaqin vaqtlar ichida transfer ishlari yakunlanadi. "Sassuolo" transfyerdan 40 mln evro ishlab oladi. Ayni damda uning xizmatlariga "Arsenal" va Dortmundning "Borussiya"si tomonidan qiziqishlar bo'lmoqda.

O'tgan mavsumda futbolchi A Seriyaning 34 o'yinida 4 gol va 2 assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/NicoSchira