Sarri: “Taktik jihatdan Dibala va Ronalduni birga o'ynatish oson emas”

Eldor Akmurzayev
10 iyun 2020, 21:50
“Yuventus” ustozi Mauricio Sarri jamoaning hujumkor futbolchilari Krishtianu Ronaldu va Paulo Dibala haqida fikr bildirdi.

“Dibala – fenomenal o'yinchi. Yagona qiyinchilik shundaki, ikki o'ziga xos futbolchilar Paulo va Ronalduni maydonda birlashtirish oson emas. Ular har qanday holatda o'yin natijasini hal qilishi mumkin.

Taktik tomondan ularni birgalikda o'ynatish mushkul, ammo tarkibda ikki iqtidorli o'yinchilar bo'lsa, qolganlar bunga moslashishi zarur bo'ladi – hujumda ham, himoyada ham. Raqib jarima maydoni bo'sh qolish xavfi bor, lekin bu muammo juda yoqimlidir”, deydi italiyalik mutaxassis.

O'xshash yangiliklar


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia