Sarri: "Ronaldu meni ham yangi bosqichga olib chiqadi"

Mirjalol Normatov
20 iyun 2019, 22:57
"Yuventus"ning yangi bosh murabbiyi Mauricio Sarri turinliklarning asosiy hujumchisi Krishtianu Ronaldu bilan ishlash borasida gapirdi.

"Ko'plab top futbolchilarning bosh murabbiyi bo'lganman, ammo Ronaldu bilan men ham yangi darajaga chiqa olaman. U kabi futbolchilar dunyoning bir chekkasidan ham topilmaydi.

Ronaldu futbol olamidagi barcha rekordlarni qo'yib kelgan va men ham uning yana bir necha rekordlarni qo'yishiga yordam bermoqchiman.

Gonsalo Iguain bilan ishlaganimda u A Seriyaning to'purariga aylangandi. Shu holat men bilan yana bir bor takrorlanishini istayman. Bu menga rohat bag'ishlaydi. Ronaldu va Dibala kabi futbolchilar maydonda istalgan nuqtada o'ynay oladi", - dedi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: TMW