Sarri: "Morata va Loftus-Chik uchun xursandman, Jiru esa..."

Aziz Tukhtamuradov
28 okt 2018, 21:12
"Chelsi" bosh murabbiyi Maurisio Sarri "Byornli" ustidan qozonilgan yirik g'alabadan so'ng (4:0) o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Dastlabki 10 daqiqa qiyin o'tdi. Ammo, keyin biz yaxshi o'ynay boshladik. Men Morata va Loftus-Chik uchun xursandman. Jiru uchun esa afsusdaman, u gol kirita oladi deb o'ylagandim. U gol urishi kerak.

Barchasi joyida. Biz yaxshi o'ynadik va 80 daqiqa davomida o'yin nazoratini ushlab turdik. Endi navbatdagi uchrashuvga tayyorgarlik ko'ramiz", - dedi Sarri.


O'xshash yangiliklar


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: ВВС