

"Menga Mourinyo yoqadi, lekin biz boshqa-boshqa dunyomiz. Bizning farqlarimiz asosan faoliyatimiz boshlanishiga bog'liq. Men havaskorlar klubidan faoliyatimni boshladim, u esa darhol "Barselona"dan. "Stia" va "Barselona" o'rtasida katta farq bor", - dedi Sarri.
Eslatib o'tamiz, Joze Mourinyo 1996 yildan 2000 yilgacha "Barselona" murabbiylar shtabida ishlagan.
"Lacio" va "Roma" ashaddiy raqib sanaladi. Yangi mavsumdagi ilk Rim derbisi noyabr oyi boshida bo'lib o'tadi.



