Sarri: "Kepaga bog'liq mavzu yopildi, u "Chelsi"ning birinchi darvozaboni bo'lib qoladi"

Aslanov Jasurbek
2 mar 2019, 10:30
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri "Fulxem"ga qarshi navbatdagi bahsda qaysi darvozabon o'ynashini bilmasligi haqida aytdi.

"Kepa Arrisabalaga mavzusi yopildi. U bizning birinchi darvozabon bo'lib qoladi. Villi Kabalero uchun xursandmiz, chunki endi u qiyin bahslarda o'ynay olishini bilamiz.

So'nggi ikki mashg'ulotga e'tibor bermoqchiman, bu har bir futbolchiga tegishli, chunki yakshanba kuni 130 daqiqa o'ynadik va chorshanbada 95 daqiqa to'p tepdik. Futbolchilarning holatiga baho berish lozim" - deydi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: chelseafc.com