Sarri Iguainning transferini e'lon qilib yubordi

Mirjalol Normatov
23 yanv 2019, 18:15
Ayni damda "Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri ishtirokidagi matbuot anjumani o'tkazilmoqda.

"Tottenxem"ga qarshi o'yindan oldin o'tkazilayotgan anjumanda murabbiy Gonsalo Iguainning jamoaga kelishini ma'lum qildi.

"U bugun tibbiy ko'rikdan o'tadi. Ertaga hujjatlarni rasmiylashtiramiz. Biroq u "Tottenxem"ga qarshi o'yinda qatnasha olmaydi", - dedi Sarri.

Iguain hozirda Londonda ekanligi barchaga ma'lum bo'lib ulgurgan.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: twitter.com/ChelseaFC