Sarri “Chelsi”ni boshqarishi mumkin, Konte esa “Napoli”ni

1 may 2018, 08:35
“Napoli” bosh murabbiyi Mauritsio Sarri faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin.

Radio Kiss Kiss Napoli ma'lumotiga ko'ra, “Chelsi” xo'jayini Roman Abramovich Sarrini Antonio Kontening o'rniga taklif qilishni maqsad qilgan. Sarrining shartnomasida 31 mayga qadar 8 million evro evaziga tovon puli to'lab uni qo'lga kiritish bandi mavjud. Qayd etilishicha, “Napoli” allaqachon yangi bosh murabbiy izlashga tushgan va Sarrining o'ringa asosiy da'vogar ham aniq. Bu - Antonio Konte. Boshqa nomzodlar – Simeoni Inzagi, Marko Jampaolo, Rafael Benites va Unai Emerilardir.




O'xshash yangiliklar


Manba: Radio Kiss Kiss Napoli