Sarri: "Chelsi"dagi shaxsiy maqsadim - o'yin-kulgu qilish"

Aslanov Jasurbek
19 iyul 2018, 16:23
"Chelsi" yangi bosh murabbiyi Mauricio Sarri London jamoasida nimalarni maqsad qilgani haqida aytib berdi.

"Har bir inson rohatlanish uchun futbol o'ynaydi. O'zingizda bolalikni saqlab qo'yish kerak, chunki bu bizni yanada kuchliroq qiladi. Niyatim - iloji boricha uzoqroq rohatlanish va finishgacha barcha turnirlarda raqobatbardosh bo'lish. Shaxsiy maqsadim - o'yin-kulgu qilish, chunki hayotdagi eng katta sovg'a - o'z ishingizni bajarib, vaqtni quvonoq o'tkazish.

Agar jamoa rohat olsa, muxlislar ham shunday maza qilishadi. Bu muhim. "Chelsi" muxlislari tomoshabop o'yin ko'rishadi deb umid qilaman. Klub falsafasidagi hamma narsani o'zgartirmoqchi emasman. "Chelsi" so'nggi yillarda Angliyaning eng yaxshi klublaridan biri bo'ldi.

O'z falsafamni jamoaga singdirish niyatidaman, ammo transfer oynasi yakunlanganidan so'ng, jamoa tarkibi uchun qaysi o'yin mosroqligini aniqlashtirib olishim kerak. Bu erga kelib, 20 nafar futbolchini almashtira olmayman. "Chelsi"ga va uning futbolchilariga ko'nikishim kerak" - deydi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com