Sarri: “Bizga ham ruhiy, ham jismoniy jihatdan barqarorlik yetishmayapti”

16 iyul 2020, 09:42
“Yuventus” ustozi “Sassuolo”ga qarshi bahsdagi jangovar durangdan (3:3) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bizga barqarorlik yetishmayapti. Ham ruhiy, ham jismoniy tarafdan. O'yinning alohida vaqtlarini olib qaralsa, juda yaxshi o'ynayapmiz. Biroq butun o'yinni olsa, passiv harakat qilayotgan vaqtlarimiz ham ko'p. Buni tushunish mushkul. To'pni ko'proq ushlab turish, o'yin tempini esa nazorat qilish lozim. Ko'proq vaqtni raqib jarima maydoni atrofida o'tkazish kerak. Bazan biz juda ham shoshib qolyapmiz”, - deydi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Manba: Football Italia