Sarri Azarning kelajagi haqida gapirdi

Mirjalol Normatov
23 noya 2018, 21:10
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarrining aytishiga ko'ra, yarim himoyachi Eden Azar jamoa bilan shartnomasini uzaytiradi.

"Azarning shartnomasidagi ishlar qanday ketayotganini bilmayman. Ammo umid qilamanki, u kelishuvni uzaytiradi", - dedi Sarri.

2020 yilda shartnomasi yakunlanadigan Azar bir necha marta "Real"ga o'tish istagi borligini ma'lum qilgandi.

27 yoshli futbolchi 2012 yilda "Lill"dan 35 million evro evaziga "Chelsi"ga o'tgandi. U bu mavsumda "Chelsi" tarkibida 14 o'yinda qatnashdi va 8 gol urib, 4 golga assistentlik qildi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports