Sarri Azar va Kurtuaning ketishi borasida gapirdi

Mirjalol Normatov
2 avg 2018, 22:59
"Chelsi" bosh murabbiyi Mauricio Sarri darvozabon Tibo Kurtua va hujumchi Eden Azarlarning jamoadan ketishi borasida gapirdi.

"Tibo va Eden jamoa uchun kerakli futbolchilar. Ular yangi mavsumda jamoaning asosiy futbolchilari bo'lishadi. Barcha jamoalar bunday futbolchilarni o'z tarkibida ko'rishni istaydi. Ammo biz ularni jamoada saqlab qolish uchun ishlamoqdamiz. Bu yo'lda barcha ishga tayyormiz", - dedi Sarri.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal.com