Sarri Arturni "Lacio"da ko'rmoqchi. Bitimga Milinkovich-Savich qo'shilishi mumkin

Alisher
26 iyun 2021, 10:16
Yarim himoyachi Artur "Yuventus"dan "Lacio"ga o'tishi mumkin.

Braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolash tashabbusi rimliklar bosh murabbiyi Mauricio Sarridir. U rahbariyatdan bitimni tashkil etishni so'ragan.

"Yuventus"ni yaqinda qabul qilib olgan Massimiliano Allegri Arturga ishonch bildirmayapti va "Yuve" anchadan beri qiziqish bildirayotgan "Lacio" xavbeki Sergey Milinkovich-Savichni o'z jamoasida ko'rishni xohlamoqda.

Artur taxminan 60 million evroga, Milinkovich-Savich esa 70-80 million evroga baholanmoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/MarcelloChirico