Sariq olgan Mourinyo, gol urgan Aliqulov. Turkiya Superligasida 1-tur qanday o'tdi?

Narzulla Saydullayev
13 avg 2024, 14:56
9-12 avgust kunlari Turkiya Superligasida yangi mavsumning 1-tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.

O'zbekiston terma jamoasi himoyachisi Husniddin Aliqulov to'p tepayotgan "Rizespor" klubi o'z maydonida "Istanbul Bashekshahir" bilan o'ynadi va 1:1 hisobida durang o'ynadi. "Rizespor" safida yagona golni aynan Aliqulov urdi va to'liq o'yinda harakat qildi.

O'zbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi Azizbek Turg'unboev faoliyat olib borayotgan "Sivasspor" esa o'z maydonida "Trabzonspor" bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi. Turg'unboev 82-daqiqada almashtirildi.

"Fenerbaxche" Joze Mourinyoning ilk rasmiy o'yinida 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Portugaliyalik murabbiyning o'zi esa birinchi uchrashuvdayoq bosh hakam bilan tortishgani uchun sariq kartochka oldi.





Turkiya Superligasi, 1-tur
"Galatasaroy" - "Xatayspor" 2:1
Gollar:
Mauro Ikardi 80, Mishi Matshuayi 90 - Joelson Fernandes 52.

"Qosimposhsho" - "Konyaspor" 2:3
Gollar:
Nuno Da Kosta 48, Klaudio Uink 74 - Pedrino 7, Daniel Aleksich 81, Umut Nayir 89.

"Fenerbaxche" - "Adana Demirspor" 1:0
Gol: Edin Jeko 34.

"Antalyaspor" - "Gyoztepe" 0:0

"Sivasspor" - "Trabzonspor" 0:0

"Alanyaspor" - "Eyupspor" 1:1
Gollar:
Serxio Kordova 76 - Samu Saiz 64.

"Samsunspor" - "Beshiktosh" 0:2
Gollar:
Rafa 31, Gabriel Paulista 36.

"Rizespor" - "Istanbul Bashekshahir" 1:1
Gollar:
Husniddin Aliqulov 45+6 - Joao Figueiredo 39.

"Bodrum" - "Gazishahir Gaziantep" 0:1
Gol:
Enrik Saborit 90+7.


MUSOBAQA JADVALI



2-tur juftliklari
16 avgust

"Konyaspor" - "Galatasaroy"

17 avgust
"Qayserispor" - "Sivasspor"
"Adana Demirspor" - "Rizespor"
"Gyoztepe" - "Fenerbaxche"

18 avgust
"Bashakshehir" - "Alanyaspor"
"Beshiktosh" - "Antalyaspor"
"Gazishehir" - "Samsunspor"

19 avgust
"Xatayspor" - "Qosimposhsho"
"Eyupspor" - "Bodrum"


TO'PURARLAR JADVALI

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia