Sardor Rashidov - Qatar vice-chempioni!

Narzulla Saydullayev
19 apr 2016, 11:05
O'zbekistonlik yarim himoyachi Sardor Rashidov Qatarning "Al Jayish" klubi safida sovrindor bo'ldi.

Kuni kecha Qatar Yulduzlar ligasida 2015-2016 yilgi mavsum o'z yakuniga etdi.

Rashidov to'p tepayotgan "Al Jayish" so'nggi turda safarda "Al Sadd" klubi mehmoni bo'lib 2:2 hisobida durang o'ynadi. Ushbu natija "Jayish"ga mavsumni 2-o'rinda tugatish uchun etarli bo'ldi va Sardor Rashidov Qatar Yulduzlar ligasi kumush medali sohibi bo'ldi.

2007 yil tashkil topgan "Al Jayish" klubi 2012 yilda Qatar Yulduzlar ligasiga chiqqan va o'sha yili kumush medalni qo'lga kiritgandi. 2014 yilda ham jamoa ikkinchi bo'lgan. Shunday qilib "Al Jayish" o'z tarixida uchinchi bor Qatar vice-chempioni bo'ldi. 2013 va 2015 yillarda klub mamlakat chempionatida uchinchi o'rinni band etgan.

Bu mavsumda Qatarda "Al Rayyan" klubi chempion bo'ldi. Uchinchi o'rin Xavi to'p tepayotgan "Al Sadd" klubiga nasib qildi. "Bunyodkor"ning ertangi raqibi "Lahviya" klubi esa chempionatni to'rtinchi o'rinda tugatdi. O'zbekiston terma jamoasi a'zosi Sanjar Tursunov faoliyat olib borayotgan "Umm Salal" klubi 41 ochko to'plab Yulduzlar ligasida beshinchi bo'ldi.


Qatar Yulduzlar ligasi. 2015-2016 yilgi mavsum.

Yakuniy jadval

#JamoaO'YUDMT-NO
1              
 Al-Rayyan                 
26       
20    
2      
4      
69-23       
62      
2 Al Jayish26146648-2948
3 Al-Sadd26138554-3847
4 Lahviya261421060-4144
5 Umm-Salal261011539-3441
6 Al-Ahli26107942-4037
7 Al-Sayliya261131240-4636
8 Al-Arabi261051133-3735
9 Al-Garafa26971033-3734
10 Al-Xor26961125-3133
11 Al-Vakra26931434-4530
12 Al-Xuraitiat26761338-4727
13 Qatar SK26691131-5127
14 Al Mesaimir26132215-626

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia