Sardor Rashidov qachon safga qaytishi ma'lum bo'ldi

Mirjalol Normatov
2 noya 2018, 17:40
Superliganing 20-turi doirasida "Paxtakor"ga qarshi bahsda "Lokomotiv" yarim himoyachisi Sardor Rashidov jarohat olgandi.

U o'sha bahsdan buyon o'yinlarga qaytganicha yo'q. Olgan ma'lumotlarimizga qaraganda, yarim himoyachi jarohatini yangilab olgan.

Shu boisdan u "Lokomotiv"ning yaqinlashib kelayotgan o'yinlarida qatnashmaydi. U katta ehtimol bilan terma jamoamizning bahslarini ham o'tkazib yuboradi.

Ma'lum bo'lishicha, Sardor Superliga doirasida "Bunyodkor" va "Buxoro" jamoalariga qarshi bahslarda ham qatnashmaydi. U 26 noyabr kuni o'tkazilishi rejalashtirilgan "Paxtakor"ga qarshi o'yinda maydonga tushishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia