

Ushbu uchrashuv oldidan terma jamoamiz futbolchisi Sardor Rashidov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Janubiy Koreya guruhimizdagi eng kuchli terma jamoa hisoblanadi. Koreyaga qarshi finalga teng o'yin bo'ladi. Nasib qilsa muxlislarimiz ko'z o'ngida yuzimizni yorug' qilib g'alaba qozonamiz. Xitoyga qarshi uchrashuvdan oldin ovqatdan zaxarlangandim.
Ayni damda o'zimni oldingidan ham juda yaxshi xis qilyapman. Nasib qilsa jamoamga yordam beraman. Qayerda qaysi ovqatdan zaxarlanganimni bilmayman. Hozir Janubiy Koreya safarlarda yaxshi o'yin ko'rsata olmayapti. Lekin ushbu uchrashuv ular uchun ham juda muhim", - deydi Sardor Rashidov

Jahongir Sotvoldiev yozib oldi



