Sardor Rashidov jamoasi chempionat autsayderi bilan durang o'ynadi

Aslanov Jasurbek
8 avg 2020, 08:20
Hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Qatar SK" jamoasi kecha Qatar Yulduzlar ligasidagi navbatdagi uchrashuvini o'tkazdi.

Markazlashgan holatda o'tayotgan Qatar chempionatining 20-turida "Qatar SK" autsayderlar qatorida borayotgan "Al Shaxaniya" bilan to'qnash keldi. Keskin kurashlar ostida o'tgan bellashuvda tomonlar 0:0 hisobidagi durangga imzo chekishdi. Sardor Rashidov mazkur uchrashuvda to'liq 90 daqiqa harakat qildi. 20-turdan keyin "Qatar SK" 19 ochko bilan 8-o'rinda ketmoqda.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia