Sardor Rashidov: "Bor e'tiborim "Al-Jazira"ga qaratilgan"

Narzulla Saydullayev
5 fev 2015, 11:26
"Bunyodkor" klubi yarim himoyachisi Sardor Rashidov ayni paytda Turkiyada yig'inda ishtirok etmoqda.
"Hozirda mening butun o'y-hayolim Osiyo Chempionlar ligasi pley-offida "Al Jazira"ga qarshi o'yinga qaratilgan. Bu biz uchun juda muhim o'yindir. Shuning uchun Turkiyada kuchaytirilgan tarzda shug'ullanayapmiz. Menga qiziqayotgan jamoalarga esa u qadar jiddiy e'tibor qaratmayapman. Avvalo "Bunyodkor"ga pley-off uchrashuvida g'alaba qozonish uchun qo'limdan kelganicha yordam bermoqchiman", -deydi Rashidov "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusida.

Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia