Sardor Rashidov “Al Jayish”ga g'alaba keltirdi

Narzulla Saydullayev
25 noya 2016, 22:09
Qatar Yulduzlar ligasida 8-tur uchrashuvlari start oldi.

Terma jamoamiz yarim himoyachisi Sardor Rashidov to'p tepayotgan “Al Jayish” klubi o'z maydonida “Al Xaritiat”ni qabul qildi.

Uchrashuvda aynan Rashidovning 38-daqiqada urgan goli evaziga “Al Jayish” 1:0 hisobida zafar quchdi. 8ta o'yindan so'ng 22 ochko to'plagan "Al Jayish" Qatar yulduzlar ligasida yakka peshqadam bo'lib turibdi.


Qatar Yulduzlar ligasi. Musobaqa jadvali

"Al Jayish" - "Al Xaritiat" 1:0
Gollar:
Sardor Rashidov 38

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia