Sardor Normuhamedov: "Trastbank Cup" bolalar futbolini qo'llab-quvvatlashda davom etadi"

Alisher
30 okt 2020, 15:57
Toshkent shahar futbol assotsiatsiyasi bilan 2 yildan beri hamkorlik qilib kelayotgan "Trastbank" yangi loyihaga qo'l urdi.

Endi Toshkent shahar Kubogi mazkur kompaniya brendi ostida o'tkaziladigan bo'ldi. 

Bu haqda, tashkilot raisi Sardor Normuhamedov o'z fikrini bildirib o'tdi:

- Djettibaevichlar oilasini sportga, xususan futbolga bo'lgan mehnatlarini maqtab o'tirish shart emas. Bugungi kunda Alisher Polatov Toshkent shahar futbol Assotsiatsiyasida bolalar futboli va Toshkent shahar ikkinchi ligasini rivojlantirish yo'lida samarali faoliyat olib boryapti. Biz ikkinchi mavsum uchun ham tashkilot bilan homiylik shartnomasini imzolaydigan bo'ldik. Shunchaki poytaxtimizda bolalar futboliga bo'lgan e'tiborni oshirish asosiy maqsadimiz edi, ammo tashkilot bizga o'z kuboklarini brendi bo'lishini taklif qildilar. Albatta bu biz uchun quvonarli holat bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia