Sardor Asqarov: "UzDongJu" bilan bahsda ijobiy natija uchun harakat qilamiz"

Narzulla Saydullayev
25 apr 2016, 12:26
O'zbekiston birinchiligi 5-turidan o'rin olgan “UzDongJu” - “Kosonsoy” bahsi oldidan “Kosonsoy” jamoasi sardori Sardor Asqarov fikrlari bilan qiziqdik:

"O'z maydonimizda "Yozyovon-Lochinlari" hamda “Cementchi” jamoalariga qarshi o'tkazilgan ikkala bahs ancha shiddatli o'tdi lekin tarkibimiz asosan yoshlardan iboratligi bizga pand bermoqda va natijada qimmatli ochkolarni boy berdik. Bunga sabab qilib jamoamiz yetakchilari Davron Isoqov va Mirjamol Jamolovlar  jarohat olganligi sabab yordam bera olishmayotganida deb bilaman. Har qanday holatda bugun bo'lib o'tadigan bahsda ijobiy natija uchun harakat qilamiz", - deydi Asqarov.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia