

Sanya 2007-2014 yillarda Venger qo'l ostida o'ynagan.
"Men uchun Venger - Aleks Fergyuson darajasidagi top-murabbiy. U kurashayotganini ko'ryapman, chunki "Arsenal" uning hayoti. Murabbiy bu klubni yaxshi ko'radi. Uning qo'l ostida ishlaganman va fransiyalik mutaxassis har bir daqiqa uchun qayg'urganini ko'rganman. Venger bu "Arsenal". Ushbu klubni u oyoqqa turg'izdi.
"Arsenal" muxlislarining xafaligini tushunaman, ammo ular Arsenga ishonishlari lozim. Qarang, u nimalarga erishdi. Buni unutmaslik kerak. Venger "Arsenal"da qolishini istayman. Klubni usiz tasavvur qila olmayman. Shunchaki uning hayotida og'ir damlar boshldandi va bu hamma bilan sodir bo'lishi mumkin" - deydi Sanya.



