Sanya: "Grizmann har qanday jamoaga ko'nikib ketadi, u APL kashfiyoti bo'lishi mumkin"

Aslanov Jasurbek
25 may 2017, 18:14
"Manchester Siti" himoyachisi Bakari Sanyaning so'zlariga ko'ra, uning vatandoshi, "Atletiko" hujumchisi Antuan Grizmann APLda yulduz bo'lishga qodir.

"U ajoyib futbolchi. Uning texnikasi juda kuchli. Grizmann har qanday jamoaga ko'nikib keta oladi. U har qanday chempionatda o'ynab ketishga qodir. Agar u Premer-ligaga kelsa, chempionat kashfiyotiga aylanishi mumkin. U Evroda va Ispaniya chempionatida nimaga qodirligini isbotlab qo'ydi" - deydi Sanya.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Squawka