"Santyago Bernabeu"dan jurnalistlarni haydab chiqarishdi

Aslanov Jasurbek
12 apr 2018, 14:20
"Yuventus"ga qarshi Chempionlar ligasi chorak final javob o'yinidan so'ng "Real"ning uy stadioni "Santyago Bernabeu" press-zonasidan jurnalistlarni haydab chiqarishdi.

Bu haqda muhbir Rob Xarris o'z "tvitteri"da ma'lum qildi.

"Real" va "Yuventus" o'yini yakunlanganidan so'ng italiyalik va ispaniyalik jurnalistlar bahslashishni boshlashdi, shundan so'ng OAV vakillarini stadion press-zonasidan haydab chiqarishdi.

"Real" ikki uchrashuv natijasiga ko'ra keyingi bosqichga yo'l oldi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AP