Santi Kasorla: Ispaniyaga qachon qaytishimni bilmayman

Tolibjon Qosimov
27 iyul 2013, 12:55
"Arsenal" yarim himoyachisi Santi Kasorla "Atletiko"ga o'tish ehtimoli haqidagi gaplarga oydinlik kiritdi.
"Mening "Atletiko"ga o'tishim mumkinligi haqida gaplar ko'p. Lekin meni Londonda hammasi qoniqtiradi. "Arsenal" bilan amalda shartnomam bor. Dushanbadan esa mashg'ulotlarga kirishaman".

"Ko'ramiz, Ispaniya chempionatiga qachon qaytar ekanman. Hozircha esa buni amalga oshirish oson emas", dedi Kasorla.

Eslatib o'tamiz, Santi Kasorla "Malaga"dan "Arsenal"ga 24 million evro evaziga o'tgan edi.


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: sports.ru