

"Babayan boshchiligidagi terma jamoada kam maydonga tushdim. Oxirgi bir yilni oladigan bo'lsak, hammasi bo'lib maydonda 15 - 20 daqiqa o'ynadim xolos. Baribir, men uchun terma jamoa eshiklari yopildi deb o'ylamayman. Axir bu milliy terma jamoa-ku! Agar terma jamoaga chaqirishsa, qo'limdan kelganicha yordam berishga tayyorman", - deydi futbolchi.



