Sanjar Shoahmedov "So'g'diyona"ni tark etdi

Narzulla Saydullayev
24 dek 2023, 13:30
Tajribali yarim himoyachi Jizzaxning "So'g'diyona" klubini tark etdi.

Sanjar Shoahmedovga Superliganing 2ta klubidan qiziqish bor. Bundan tashqari futbolchiga Malayziyadan ham qiziqish yo'q emas. O'z vaqtida Shoahmedov Malayziyaning "Terengganu" klubida muvaffaqiyatli tarzda to'p tepgani yodingizda bo'lsa kerak.

Ma'lumot uchun, Shoahmedov 2023 yil "So'g'diyona" safida barcha musobaqalarda 25ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urdi va 5ta golli uzatmani amalga oshirdi.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia