"Sanderlend"ning 6 yoshli muxlisi vafot etdi

Aslanov Jasurbek
8 iyul 2017, 13:03
Kecha, 7 iyul kuni, "Sanderlend"ning 6 yoshli ishqibozi Bredli Louri rak tufayli hayotdan ko'z yumdi.

Louri rakka chalingani Angliya Premer-ligasi futbolchi va klublari unga yordam ko'rsatganidan so'ng ma'lum bo'lgan edi. Bredli "Sanderlend" sobiq hujumchisi Jermeyn Defo bilan do'st tutinib, mart oyida u bilan Angliya terma jamoasi uchrashuvida maydonga chiqqan edi. Shu hafta boshida Defo kasalxonada bolakay bilan xayrlashgan edi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian