"Everton" "Sanderlend"ning yosh ishqibozi davolanishiga 240 ming evro o'tkazib berdi

Aslanov Jasurbek
13 sen 2016, 12:20
"Everton" "Sanderlend"ning rakka chalingan 5 yoshli muxlisi Bredli Louri davolanishi uchun 240 ming evro o'tkazib berdi.

"Everton" va "Sanderlend" o'rtasidagi APLning 4-tur uchrashuvida Louri futbolchilarni maydonga boshlab chiqdi. Bahsning 5-daqiqasida ikkala jamoa ishqibozlari birgalikda qarsak chalib, ota-onasi davolanish uchun 830 ming evro yig'ayotgan bolakay - Bredli nomini aytib uni qo'llab-quvvatlashdi.

"Everton" o'z muxlislarini bolakayga yordam berishga chaqirdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com