Sancho faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishga tayyor

Alisher
31 may 2021, 17:38
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Jeydon Sancho faoliyatini "Manchester Yunayted"da davom ettirishni xohlamoqda.

Manbaning xabariga ko'ra, nemis klubi 21 yoshli o'yinchini 90 million evroga sotishga tayyor.

Futbolchining klub bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. O'yinchiga shuningdek "Bavariya" klubi qiziqish bildirmoqda.

Sancho o'tgan mavsum Germaniya chempionati doirasidagi 26ta o'yinda maydonga tushib, 8ta gol va 12ta assist qayd etdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Sport1.de.