
"Ramos - jahondagi eng yaxshi markaziy himoyachi, Pepeni esa zaxirada tasavvur qila olmayman. "Real" safida jahonning eng yaxshi uch markaziy himoyachisi to'p tepishi yoqimli muammo. Ramos va Pepeni almashtirib bo'lmaydi va Varanning sabr kosasi to'lsa kerak. Ammo "Real"da barcha o'ynash imkoniyatiga ega bo'ladi. Varan yaxshi harakat qilyapti va asosiy tarkibda o'ynash uchun da'vogar. U kutishi yoki jamoani tark etishi mumkin" - deydi Sanchis.