Sanches "Inter"dagi ijara muddati yakunlanganidan so'ng MYUga qaytmoqchi emas

Alisher
9 sen 2019, 18:45
Hujumchi Aleksis Sanches "Inter"da ijara muddati yakunlanganidan so'ng ham "Manchester Yunayted"ga qaytmoqchi emas.

Ingliz klubi mavsum oxiriga qadar Sanchesga haftasiga 300 ming funt to'lamoqda.

Shu bilan birga, ikki klubning ijara shartnomasida sotib olish bandi kiritilmagan.

Qayd etish kerakki, futbolchining o'zi "Inter" bilan doimiy shartnoma imzolamoqchi.

Uning "Manchester Yunayted" bilan tuzgan shartnomasi 2020 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Corriere dello Sport