"San-Siro"ning ta'miri borasida yangi ma'lumotlar paydo bo'ldi

Mirjalol Normatov
11 sen 2019
"Milan" va "Inter" rahbariyati "San-Siro"ning qiyofasini o'zgartirish borasida ishlar olib borishmoqda.

"Corriere della Sera" xabariga ko'ra, yangi stadion o'z bag'riga 60 ming muxlisni sig'diradi. Qurilish esa 600 million evroga tushishi aytilmoqda.

Ushbu stadionning buzilishi uchun esa 45 million evro sarflanadi. Yangi tribunalar esa "Milan" o'yini vaqtida qizil-qoraga bo'yalsa, "Inter" o'ynaydigan vaqtda qora-ko'kga aylanadi.

Eslatib o'tamiz, "San Siro" 1925 yildan buyon o'yinlarni qabul qilmoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Corriere della Sera