“San-Paulu” bosh murabbiyi Rojerio Seni iste'foga chiqdi

Aslanov Jasurbek
4 iyul 2017
Braziliyaning “San-Paulu” klubi afsonasi, sobiq darvozabon Rojerio Seni iste'foga chiqarildi.

44 yoshli mutaxassis shu yilning yanvar oyida Braziliyaning ushbu jamoasida ish boshlagandi.

“Seni o'zini murabbiy sifatida ham namoyon eta oldi. Rojerioga keyingi faoliyatida omad tilaymiz. U hamisha jamoamizning barcha davrlardagi afsonasi bo'lib qoladi”, - deyiladi “San-Paulu” klubi bayonotida.

Ma'lumot uchun, “San-Paulu” 11 uchrashuvda 11 ochko to'plab, Braziliya A Seriyasida 17-o'rinni egallab turibdi. 




Aslanov JasurbekMuallif
Manba: