San-Marino terma jamoasi 2 yildan keyin yana gol urdi

17 noya 2019, 01:26
San-Marino Evro-2020 saralash o'yinida Qozog'iston terma jamoasiga yutqazdi (1:3).

Mazkur uchrashuvning 76-daqiqasida Lorenco Lunadei tomonidan uzatib berilgan to'pni mezbonlar hujumchisi Filippo Berardi qo'shnilarimiz darvozasiga kiritdi. Bu gol shunisi bilan ahamiyatliki, San-Marino terma jamoasi Evro-2020 saralash bosqichidagi birinchi golini kiritdi. 

Eslatib o'tamiz, jamoa so'nggi golini 2017 yilning 4 sentyabr kuni Ozarboyjon (1:5) terma jamoasi darvozasiga kiritgandi.

O'xshash yangiliklar


Manba: sports.ru