

"O'ylaymanki, stadionga kelgan muxlislar natijadan qoniqishdi. Futbolchilar o'yinning mas'uliyatini his qilib turishgandi. Yigitlar ketma-ket o'yinlardagi charchoq alomatlariga qaramasdan yaxshi o'yin o'tkazishdi. Raqibdan barcha jabhada ustun keldik. Bizda boshqa yo'l yo'q edi. Chempionat, kubok va OCHLda maqsadimiz yo'lida olg'a qadam tashlashda davom etamiz", dedi namanganliklar ustozi.



