Samuel Eto'O faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi

Alisher
7 sen 2019, 11:46
Hujumchi Samuel Eto'O o'zining "Instagram" sahifasida faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.

- Tugadi. Yangi chorlovlar sari olg'a. Hammaga rahmat aytib qolaman, - deb yozgan Eto'O.

Sobiq futbolchi 4 marta Afrikada "Yil futbolchisi" deb topilgan.

38 yoshli kamerunlik futbolchining oxirgi klubi, hozirda Sardor Rashidov o'ynayotgan "Qatar SK" bo'lgan edi.

Futbolchi faoliyati davomida "Qatar SK"dan tashqari "Real", "Leganes", "Espanol", "Malorka", "Barselona", "Inter", "Anji", "Chelsi", "Everton", "Sampdoriya", "Antalyaspor" va "Konyaspor" klublarida o'ynagan.

Forvard 1996-2014 yillar davomida Kamerun terma jamoasi sharafini himoya qilgan.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: instagram.com/setoo9