

Agar “Sampdoriya” Italiyaning yetakchi jamoasi “Yuve” bilan bo'lib o'tadigan bugungi bahsda g'olib bo'lsa, Massimo Ferrero imijini butunlay o'zgartirishini ma'lum qildi. “Sochim doim uzun bo'lgan. Ammo “Yuventus”ni mag'lub etsak, u holda Nainggolannikidek soch turmagi qildiraman”, - deydi prezident.

Funkcioner “Napoli” o'yinchisi Kalidu Kulibali to'g'risidagi irqchilik bo'yicha gap-so'zlar haqida shunday dedi: “Futbol - bu shou. Tribunaga tahminan 60 ming tomoshabin keladi, ular hammasi bir joyda to'planib qolmasliklari lozim. Stadionda shavqatsizlik va irqchilik kabi voqealar bo'lmasligi kerak”.
Eslatib o'tamiz, “Byankoneri A Seriya jadvalida yetakchi (50 ochko). “Sampdoriya” esa 5-pog'onani band etib turibdi (29 ochko).




