

Kolumbiyalik forvard joriy mavsumni “Sampdoriya” safida ijara asosida o'tkazadi va keyingi yili klub bilan to'laqonli shartnomaga imzo chekadi.
Sapata 2016/2017 yilgi mavsumni ijara asosida “Udineze” tarkibida o'tkazib, A seriya bahslarida 38 ta o'yinda 10 ta gol urishga erishgandi. Strinich esa o'tgan mavsumda Italiya chempionatida 12 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 golga muallifliq qilgan.



