Sampaoli: “Vidal Avstraliyaga qarshi maydonga tushishi mumkin”

Tolibjon Qosimov
13 iyun 2014, 14:41
Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Avstarliyaga qarshi maydonga tushish uchun Arturo Vidalda imkoniyat borligini aytib o'tdi.
“Qaror keyingi bir necha soatlarda qabul qilinadi. Unda yaxshigina jarohat bor edi. U oyoqqa turish uchun hamma narsani qildi. Uning  fizioterapevti ajoyib ishladi va futbolchi ilk o'yinda maydonga chiqishi mumkin. U o'ynay oladi degan umiddaman”, - deydi Sampaoli “Goal.com”ga.

“Tibbiy  tarafdan oyoqqa turish o'z nihoyasiga etgan. Endi futbol mashg'uloti davom etmoqda.  O'ylashimcha u kerakli “ritm”ga tushib oldi. Ammo biz Vidalning individual qobiliyatlarini unutmasligimiz kerak.  Futbolchi bizga kerak va o'zi ham maydonga chiqishni xohlaydi”.
“Avstraliya – qiyin raqib. Ular Braziliyaga hech qanday bosimlarsiz tashrif buyurdi. Biz bosimga  duch kelishimiz aniq. Ularda bunday emas”. “Avstraliyaning o'yin uslubiga qarshi biz jamoaviy harakat qilishimiz kerak. Bu o'yin biz uchun qiyin bo'lishi aniq”.

“Biz raqibga bosim o'tkazib, uning kuchsiz tomonlarini topishimiz va ularni hato qilishga majbur qilishimiz kerak. O'yinga tayyorarligimiz shunday”.

Chili va Avstraliya o'rtasidagi bahs jumadan shanbaga o'tar kechasi Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanadi.

Tolibjon QosimovMuallif
Manba: football.ua