Sampaoli: "LaLigadagi 3-o'rin "Sevilya" uchun ajoyib natija bo'ladi"

Aslanov Jasurbek
4 yanv 2017, 19:40
Sevilya bosh murabbiy Xorxe Campaoli jamoasining ushbu mavsumdagi imkoniyatlari haqida gapirib o'tdi.

"Agar "Barsa" yoki "Real" yutqaza boshlasa "Sevilya" chempionatni yutadimi? Menimcha, ushbu klublarning mag'lubiyatga uchrashlari kamdan-kam kuzatiladigan holat.

YCHLda chorak finalga chiqish yoki LaLigadagi uchinchi o'rin? Bilmadim. Yevropada kuchli 8 ta jamoa ichida bo'lish orzu, Ispaniya chempionatidagi uchinchi o'rin esa juda yaxshi natija bo'lardi. Ko'ramiz, mavsumning ikkinchi yarmi birinchisidan og'irroq bo'ladi", - deydi murabbiy.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca