Sampaoli: "Biz kuchli va engilishni istamaydigan jamoaga qarshi o'ynadik"

Aslanov Jasurbek
25 iyun 2015, 12:43
Chili terma jamoasi bosh murabbiyi Xorxe Sampaoli Urugvay ustidan qozonilgan g'alaba haqida so'zlab berdi.

"Biz kuchli va engilishni istamaydigan jamoaga qarshi o'ynadik. Yigitlarga ushbu g'alaba uchun minnatdorchilik bildiraman. Isla juda ajoyib mavsum o'tkazyapti.

Ammo endi keyingi o'yin haqida o'ylashimiz kerak. Navbatdagi uchrashuvdagi raqibimiz Boliviya yoki Peru bo'ladi.

Kavanining chetlatilishiga kelsak, bu borada hech narsa deya olmayman, chunki takroriy vaziyatni ko'rganim yo'q" - deydi Sampaoli.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com