Sami Xyuyupya: "Bayer" o'z maydonida "Real Sosedad"ni enggishi kerak"

2 okt 2013, 20:48
"Bayer" bosh murabbiyi Sami Xyuyupya Chempionlar Ligasi gkrkh bosqichi ikkinchi o'yinlari doirasidagi "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda shogirdlari g'alaba qozonishlari kerakligini takidlayapti.
"Chempionlar Ligasi doirasida o'z uyimizdagi birinchi uchrashuvda g'alaba qozonish pley-off yo'llanmasini qo'lga kiritishda yaxshi imkoniyatlar hosil qilish uchun ham juda muhim. Raqibimiz kuchli. U tipik ispan jamoasi. Ular texnik futbol namoyish etishadi".

"O'tgan mavsumda "Real Sosedad" kuchli o'yin namoyish qilgandi. Shuning uchun ham o'yin qiyin bo'lishini kutyapman. Bunday saviyada jamaoalar orasidagi farq katta emas. Raqibni ushlab turish uchun biz zich va tartibli harakat qilishimiz lozim. Bilaman ularning eng yaxshi futbolchilaridan biri Xabi Prieto jarohatlangan. Biroq ularda yaxshi futbolchilar ko'p", dedi "Bayer murabbiyi.

Manba: sport-express.ru