Samarqand viloyati hokimi Dinamo klubi bilan uchrashdi

Narzulla Saydullayev
26 yanv 2017, 10:49
Kuni kecha Dinamo klubi prezidenti Akbar Shukurov va jamoa a'zolari Samarqand viloyat hokimi, viloyat futbol federatsiyasi prezidenti Himmat Oqbo'taev qabulida bo'lishdi.

Uchrashuv chog'ida Samarqand viloyat futbol federatsiyasi prezidenti Himmat Qo'chqorovich Dinamo klubini Oliy Ligaga qaytgani bilan tabriklab, joriy mavsumda ham jamoadan samarqandlik minglab futbol muxlislarining umidlari katta ekanligi, shunga yarasha ularni xursand etish lozimligini uqtirdi. Buning uchun klubning tayyorgarlik rejasini tasdiqlab, zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish kerakligini belgiladi. Jamoaga tarkibni yanada kuchaytirish va Oliy Liga-2017 mavsumiga munosib ishtirok etish vazifasi yuklandi. Tez orada jamoa safiga yangi futbolchilar taklif etilishi kutilmoqda.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: fcdinamo.uz