Salomon Kalu qishda "Arsenal"ga o'tishga rozi bo'lmagan
Tolibjon Qosimov
24 mar 2014, 11:28
"Lill" hujumchisi Salomon Kalu qishda "Arsenal"ga ko'chib o'tishi mumkin edi.
"Ha, menga "Arsenal" qiziqqandi, ular meni ijaraga olishmoqchi edi. Rad qildim. Nimaga? Men "Lill" bilan birga YCHL yo'llanmasini va Fransiya kubogini qo'lga kiritishda yordam bermoqchiman", - deydi Kalu L`Equipe nashriga.