
Saloh mavsum yakunida mersisaydliklar safini tark etishini rasman e'lon qilgach, uning qaysi klubga o'tishi asosiy mavzuga aylandi. "Biz Muhammad kelasi mavsumda qayerda o'ynashini hali bilmaymiz. Bu esa hozircha hech kim buni bilmasligini anglatadi", - dedi Abbas.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Saloh va "Liverpul" o'zaro kelishuvga ko'ra shartnomani bekor qilishga qaror qilishgani va futbolchi yozda erkin agentga aylanishi haqida xabarlar tarqalgan edi.