Saloh "Real" bilan muzokaralarni boshladi

Aslanov Jasurbek
2 apr 2018
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Real" rahbariyati bilan muzokaralar o'tkazdi.

Ma'lumotlarga ko'ra, misrlik futbolchi "Qirollik klubi"ga o'z shartlarini ma'lum qilgan. Saloh "Real" rahbariyatidan asosiy tarkibda kafolatlangan joy va maoshi sezilarli darajada oshishini talab qildi. Misrlik Krishtianu Ronaldudan so'ng "Qirollik klubi"ning eng ko'p maosh oladigan futbolchisi bo'lmoqchi.

Joriy mavsum 25 yoshli yarim himoyachi APLning 31ta uchrashuvida 29ta gol urdi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Don Balon