Saloh Premer-liga rekordini takrorladi

Aslanov Jasurbek
21 apr 2018, 18:21
"Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh "Vest Bromvich"ga qarshi Angliya Premer-ligasining 35-tur uchrashuvida gol urishga muvaffaq bo'ldi.

25 yoshli misrlik joriy mavsum chempionatdagi 31-goliga mualliflik qildi va 38 turdan iborat APL musobaqasida gol urish bo'yicha rekordni takrorladi.

Oldinroq mavsumda 31ta gol urish Alan Shirer (1995/96), Krishtianu Ronaldu (2007/08) va Luis Suares (2013/14) nasib etgan edi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: sports.ru