Saloh necha hafta davolanadi?

Aslanov Jasurbek
30 may 2018, 17:32
Misr terma jamoasi va "Liverpul" hujumchisi Muhammad Saloh elka jarohati tufayli kamida 3 hafta maydonga tusha olmaydi.

Ispaniyadagi tibbiy ko'rik natijalariga ko'ra, Salohga davolanish uchun 3-4 hafta kerak bo'ladi. Shunday qilib, forvard JCH-2018da guruh bosqichining ikki uchrashuvida (Urugvay, Rossiya) maydonga tusha olmasligi mumkin.

Futbolchi yakshanba kuni davolanishni boshladi. Saloh tiklanishni davom ettirish uchun 29 may kuni u Ispaniyaga uchib ketdi. Shundan so'ng u Misr terma jamoasi safiga qo'shiladi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: L'Equipe